Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-949-son, 28.08.2024 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185¹-moddasida:
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.