Partiya vakillari Pedagogika texnikumida bo‘ldi
Shahrimizga tashrif buyurgan “Adolat” SDP vakillari Samarqand Pedagogika texnikumida bo‘ldilar.
Dastlab, muassasadagi shart-sharoitlar, o‘quvchilarning qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdilar. Shuningdek, dual taʼlimi bo‘yicha tashkil qilingan tikuv sexida ishlayotgan xotin-qizlar bilan samimiy suhbatlashdilar.
Respublikadan tashrif buyurgan faol xotin-qizlar tikuv sexidagi ayollar bilan o‘z hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdilar va ularni bugun mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, farovonlikda baxtiyor hayot kechirishga chorladilar.




