O‘ZARO MANFAATLI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILIINDI
Samarqand shahrida ikkinchi kun Eron va O’zbekiston tadbirkorlari uchrashuvi doirasida Kattaq’o’rg’on shahar hamda Eronning Xurosoni Razaviy viloyatidan tashrif buyurgan biznes egalari o‘rtasida rangli metallarni qayta ishlash hamda eksport qilish bo‘yicha mahsulot va xizmatlar taqdimoti, istiqbolli kelishuvlarga erishish, yangi foydali tanishuvlar orttirish, qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarining amaliy jihatlarini muhokama qilish imkonini beruvchi B2B hamda G2B uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Uchrashuvlar davomida Eronning etakchi kompaniyalari vakillari bilan shahrimizning “Mansurbek Qo'rg'on Biznes” MCHJ, “Kattakurgan Charm” MCHJ, “Classic Motor” MCHJ, "To‘ron Polipropilen Gold" MCHJ hamda “BIDOX ABM ” MCHJ rahbarlari muzokaralari o’tkazildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.