O‘z tarixini yaxshi bilgan va ajdodlari bilan faxrlangan yoshlar vatanparvar bo‘ladi
Yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishda o‘z tarixi va ajdodlari haqida ko‘proq bilishlari va ular bilan faxrlanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, buning uchun ta’lim va tarbiyani uzviy olib borish, ma’naviy-tadbirlarni yanada ko‘proq o‘tkazish lozim,- dedi shahar hokimi Gavhar Alimova 9- umumta’lim maktabida bo‘lganda.
Shahar hokimi bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek, maktab pedagoglari bilan ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.
Shahar hokimi o‘qituvchilar bilan suhbatda bugun pedagoglarga bo‘lgan e’tibor haqida gapirar ekan, har pedagog o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi va bugunning dolzarb masalasi bo‘lgan yoshlar ta’lim-tarbiyasidek sharafli va mas’uliyatli ishga jiddiy yondashishi lozimligini ta’kidladi.