“O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” – fidoyi pedagoglar e’tirof etildi!
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyatimizdagi bir guruh oʻrta maxsus va professional ta’lim fidoyilariga faxriy ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari H.To’xtayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov va boshqalar so’zga chiqib, ustozlarni bayram bilan qutladi. Ularning sharafli mehnati yurtimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.