O”RIKZOR MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar O’rikzor mahallasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari A.Muratov tomonidan aholi muammolarini o’rganish va murojaatlarini hal etish bo’yicha sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda shahar hokimi G.Alimova va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.
Qabul davomida aholidan tushgan ayollar daftariga kiritish, subsidiya asosida asbob uskuna, bandlik, bolalar nafaqasi, tibbiy yordam, uy joy ta’miri kabi 40 ta murojaatlar o‘rganildi. Ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida qanoatlantirildi, vaqt talab qilgan qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, mas’ullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek “Murojaatdan daromadgacha” loyihasi bo‘yicha mazkur mahallada istiqomat qiluvchi, ayollar daftariga kiritilgan 3 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.