insurez
07-01-2025 11:49

"O‘RIKZOR" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi va shahar 1-sektor shtabi tomonidan mahallalarda sayyor qabul o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlangan. Ushbu tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan bugun 1-sektor hududidagi "O‘rikzor" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda Kattaqo‘rg‘on shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova va shahar Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva tomonidan qabulda ishtirok etgan 14 nafar fuqarolarning  o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalari o‘rganildi.  

Qabul jarayonida fuqarolardan ayollar daftariga kiritish, kasb-hunarga o‘qitish, aliment undirish, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlar yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -