insurez
17-12-2025 14:11

O‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi


Shahrimizdagi 17-IDUMda shahar hokimi o‘rinbosarlari hamda Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti professor o‘qituvchilari ishtirokila yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Samimiy tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bu borada shahrimiz yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritdilar. 

Shuningdek, mas’ullar o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari haqida qiziqdilar va professor o‘qituvchilar tomonidan ularning kasb-hunar egallashlari yoki oliy ta’limga kirishlari borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
- -