O‘quvchi- qizlar bilan suhbat o‘tkazildi
Shahar hokimi o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G‘aniev, “Oqila ayollar” harakati, shoir va yozuvchilar bilan birgalikda shahar Tibbiyot texnikumida bo‘ldilar. Talabalar turar joyidagi qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova bugun qizlarni ta’lim –tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi va ularni bundan unumli foydalanishlari lozimligini ta’kidladi.
Suhbat davomida qizlarning ta’lim olishlari va turar joylaridagi sharoitlar yuzasidan fikrlari eshitildi. Shuningdek, qizlar shoiralar Erkatosh Shukurova hamda Fazilat Abdullaevalarning ijodlaridan bahramand bo‘ldilar.
Uchrashuv so‘nggida o‘zining munosib xulqi va bilimi bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarning ota-onalariga tashakkur va raxmatnomalar bildirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.