insurez
19-08-2025 19:48

"OQ OLTIN" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI


Bugun shahrimizdagi “Oq oltin” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ichki yo'llarni, piyodalar yo’laklarini ta’mirlash, tungi yoritgichlar o’rnatish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -