insurez
26-09-2025 18:21

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasurbek Shodiev shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Xususan, 3-sonli umumta’lim maktabida bo'lib, maktabda qo‘shimcha qurilayotgan o‘quv binosi bilan tanishdi.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on Pedagogika texnikumida yoshlar va pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida texnikum talabalari tomonidan berilgan savol va takliflarga atroflicha javoblar berildi. 
Shundan so‘ng, texnikumda tadbirkor tomonidan tashkil etilgan “GALA STAYIL” MChJ faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar.

 “Damariq” mahallasida bo‘lgan deputat mahalla yettiligi bilan ham uchrashib, ularning ish faoliyati amalga oshirilgan ishlari yuzasidan suhbatlashdi. Ularning faoliyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. 

✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi

Teglar
- -