OLIMA BILAN UCHRASHUV
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi "Maʼnaviyat oyligi" doirasida Yulduz Xolxo‘jayeva tomonidan "Maʼrifat chashmalari" ilmiy-maʼrifiy muloqot tashkil qilindi.
Unda Samarqand davlat universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, PhD Zebiniso Akbayeva mehmon bo‘ldi.
Olima o‘zbek xalqining asrlar davomida yuksalgan ilm-maʼrifati, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy meros, ularni asrab-avaylash hamda munosib bo‘lish borasidagi fikrlari, ilmiy maʼlumotlarni yetkazdi.
Kafedra mudiri Javlon Quchqorov ham so‘zga chiqib, kafedra oyligi doirasida amalga oshirilayotgan bu ishlardan ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi.