“Oilaviy qadriyatlar – oila farovonligining asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Oila – kichik Vatan. Agar oila tinch va baxtli bo‘lsa, demak, Vatan ham tinch bo‘ladi.”
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Oilaviy qadriyatlar – oila farovonligining asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbirda ustozlar va talabalar ishtirok etib, oilaning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizning yoshlar hayotidagi ahamiyati, ota-ona hurmati, mehr-oqibat va mas’uliyat kabi tushunchalar haqida fikr almashishdi.
Mazkur suhbat yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati