OILANING MUSTAHKAMLIGI NIMAGA BOG’LIQ?
Oilalarning mustahkam bo‘lishida oila a’zolarining o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, er-xotin, farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat rishtalari asosida qurilganligining ahamiyati katta. Bu borada yosh oilalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish muhim.
Shu maqsadda shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda shahar FXDYo bo‘limi bilan hamkorlikda “Yosh oila maktabi” nikohlanuvchi yoshlari va ko‘ngilli yoshlar bilan suhbatda bu borada tegishli maslahatlar, tushuntirishlar berildi.
Albatta, yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.