Oilalarning turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarorida bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berilgan. Unga ko‘ra shahrimizda ham aholi turmush sharoitini oshirish borasida manzilli ishlar tashkil qilindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan aholi turmush sharoitini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish sohasida har bir fuqaroning o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2-sektor hududidagi Qoriravot mahallasidagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularning muammolari tinglandi va hal etish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.