Oilalarning farovonligini ta’minlash muhim masala
Aholining farovonlikda, tinch va baxtiyorlikda yashashlari dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, daromadi bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bu borada belgilangan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga ko‘ra shahar hokimi Gavhar Alimova aholi xonadonlarida bo‘ldi. Xususan, 1-sektor hududidagi “O‘rikzor" mahallasida yashovchi 5 ta oilaning yashash sharoitini o‘rgandi. O‘rganish davomida oilalarning farovonligiga erishish, a’zolarining bandligini ta’minlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.