OILA TINCH BO‘LSA JAMIYAT TINCH BO‘LADI
Оilalar tinchligi va totuvligini mustahkamlash muhim masala hisoblanadi. Albatta, bu borada mas’ullar, jamoatchilik vakillari, mahallalar yettiligi oldida muhim vazifalar belgilangan.
Shahar hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bu borada hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda. Albatta, bu ishlar shahrimizdagi nizoli oilalar bilan ishlash, oilalarni yarashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muhimi oilalarni yarashuviga erishilmoqda.
Xususan, ana shunday tushuntirish ishlari doirasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova hamda mas’ullarning faolliklari bilan “O‘rikzor” hamda “Qo‘shhovuz” mahallasidagi ana shunday oilalar yarashtirilib, bugungi kunda baxtiyorlikda yashamoqdalar.
Shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi oilalarni yarashtiruv komissiyasi tomonidan bu boradagi ishlar davom etadi.
Oilalar tinch va farovon bo‘lsa jamiyat ham tinch bo‘ladi va taraqqiy etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.