OILA TINCH BO‘LSA JAMIYAT TINCH BO‘LADI
Оilalar tinchligi va totuvligini mustahkamlash muhim masala hisoblanadi. Albatta, bu borada mas’ullar, jamoatchilik vakillari, mahallalar yettiligi oldida muhim vazifalar belgilangan.
Shahar hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bu borada hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, shahrimizning “Go’zalkent” mahallasida oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig’i Sh.Kuchkarova, Ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari O.Boboyev, Qori Muhammadrasul jome masjidi imomi X.Do’smurodovlar ishtirokida oilalarni mustahkamligini saqlash, mahallada turli huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha ochiq muloqot o’tkazildi.
Bu kabi suhbatlar oilalar tinchligi ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




