insurez
07-07-2025 16:53

Og’ir toifali mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi


Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on shahridagi 4 ta mahallada amaliy ishlar olib borilmoqda.

♻️Ushbu ishlar doirasida bugun og’ir toifali mahallalardan “O’rikzor” hamda “Chinobod” mahallalari hududida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va maxsus texnikalari yordamida tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirda transport qatnov yo‘llari maxsus texnika vositalari yordamida tozalandi. Yo’llar atrofi, zovur yoqalari begona o‘tlardan tozalanib, sanitar holat yaxshilandi. 6 kmdan ortiq irrigatsiya tarmoqlari chiqindilardan tozalanib, suv oqimi yaxshilandi. 

Shuningdek, “Yashil makon” dasturi asosida ekilgan ko’chatlsrni muntazam sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 25 ga yaqin tungi yoritish chiroqlari ta’mirlanib, fuqarolarni xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Bu kabi ishlar davom etadi.

 

Teglar
- -