Odob-axloq qoidalari bo‘yicha profilaktik tadbir o’tkazildi
Samarqand Pedagogika texnikumida 1-bosqich o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida “Odob-axloq qoidalariga rioya qilish – ma’naviyat mezoni” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda texnikum rahbariyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar hamda pedagoglar ishtirok etib, o‘quvchilarga yuksak axloqiy qadriyatlar, jamoa ichida o‘zini tutish madaniyati, ustoz va tengdoshlar bilan muomala odobi haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir o‘quvchining nafaqat ta’lim jarayonida, balki kundalik hayotida ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashi, texnikum ichida va tashqarisida tartib-intizomni saqlashi hamda yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib kamol topishi lozimligi alohida qayd etildi.