"NURAFSHON" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI
Shahrimizning “Nurafshon” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 15 dan ortiq o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ijtimoiy yordam ajratishga amaliy yordam, ichki yo’llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlari o'rnatish, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida 3 ta murojaat joyiga borib organildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.