Nogironlik pensiyasi qachon umrbod muddatga tayinlanadi?
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi “b” bandiga muvofiq, nogironlik pensiyasi quyidagi holatlarda umrbod muddatga tayinlanadi:
- nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga;
- nogironligi bo‘lgan 55 yoshdan oshgan ayollarga.
Nogironlik pensiyalari tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda kasallik xulosasiga asosan umrbod muddatga ham tayinlanishi mumkin.