💐NAVRO‘ZGA MUNOSIB TUHFA
Bugun foydalanishga topshirilgan 6- umumta’lim maktabining yangi binosi Navro‘zga munosib tuxfa bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova maktab jamoasini qutlar ekan, bu ishlar yurtimizda ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning natijasi ekanligini, albatta, shahrimizda keyingi yillarda ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Tadbir ishtirokchilari maktabdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 2 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan muassasa 240 o‘ringa mo‘ljallangan. Boshlang‘ich sinflarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, zamon talablari darajasida jihozlangan.
Tashrif buyurganlar kelgusida ushbu muassasadan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlar yetishib chiqishiga tilak bildirdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.