NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YAKKABOG‘ MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizning 4-sektor hududidagi "Yakkabog‘" mahallasida shahar hokimining o‘rinbosari Jasurbek G‘aniyev tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 12 nafar fuqarolardan kasb-hunarga o‘qitish, tibbiyot birlashmasida davolanish, ish bilan taminlash va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Bundan 3 ta murojaat joyida ijobiy hal yetildi, 4 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qolgan muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qabul davomida yaqinda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Adaptiv” turi bo‘yicha “Armrestling” yo‘nalishi Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallab qaytgan “Yakkabog‘“ mahallasidan Xaydarov Fazliddinga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi topshirildi.