"Namoz o‘qimoqchi bo‘lib, Google orqali ma'lumot qidirgandim..."
Bu "Jinoyatga jazo muqarrar" hujjatli filmi "qahramoni"ning nadomati. Negaki bugun yoshlar orasida dinni o‘rganaman, namoz o‘qiyman, deb biror chuqur diniy ma'lumotga ega ilm ahllariga emas, internetga murojaat qilishmoqda. Bu esa ularni dinni niqob qilgan, o‘zlaridan mazhabboshi yasab olgan ba'zi kimsalarga yo‘liqtirmoqda.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tomonidan tashkil qilingan "Jaholatga qarshi ma'rifat" nomli profilaktik tadbirda bu haqda so‘z yuritilib, hujjatli film namoyish etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar Ma'naviyat bo‘limi boshlig‘i Q.Boykalonov, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita vakili B.Qodirov, fakultet dekan o‘rinbosari B.Yo‘ldoshev talabalarni diniy tushunchalarini sog‘lomlashtirish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, ogoh va daxldor bo‘lib yashash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi.