Najmiddin Kubro ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Najmiddin Kubro ijodiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari S.Ismatov, Filologiya va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri J.Qo‘chqorov, kafedra o‘qituvchisi D.Soyipova, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ko‘hna Xorazm azaldan ilm-u irfon beshigi, fan, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskani bo‘lib kelgan. Ushbu zaminning faxri bo‘lgan Najmiddin Kubro singari buyuk zotlarning nomlarini ulug‘lash, ularning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish xalqimizning ma’naviy qudratini yanada mustahkamlashi shubhasizdir.
Tadbir davomida Najmiddin Kubro hayoti, ilmiy faoliyati, tasavvufiy qarashlari va ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.