Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi
Bugun Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari Dilmurod Saitqulov rahbarligida ishchi guruh tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi binosida Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlaridagi tijorat banklarida muammoli bo‘lgan kreditlarning qaytarilishi va ularni maqsadsiz ishlatilishini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha rejali ishlarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinib, bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.