MUROJAATLAR O‘RGANILDI
Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi boshlig‘i X.Shodieva va Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Raximovalar tomonidan 1-sektorda joylashgan “Qo‘shxovuz” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatlarni o‘rganish davomida ularning 5 tasi joyida hal etildi, 4 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi va 3 tasi nazoratga olindi.
Shuningdek, shu kuni 1-sektor hududidagi Mustaqillik va Nodirabegim ko‘chalari kesishmasidagi suv masalasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.