MUROJAATLAR O‘RGANILDI
Bugun shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova hamda J.Axmedovlar ishtirok etdi.
Qabulda 15 ga yaqin fuqarolar ishga joylashish, moddiy yordam olish, davolanishi uchun yordam, kredit va boshqa mazmundagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar. Murojaatlarni o‘rganish davomida ularning 6 tasi joyida hal etilib, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, qolgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.