insurez
22-10-2024 17:16

"MUQADDASIM, MUNAVVARIM, ONA TILIM!"


SamDU Kattaqo'rg'on filialida 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi va barchani O'zbek tili bayrami bilan muborakbod etib, ona tilimizning mavqeyini yanada oshirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda  bugun yoshlarimizning e’tibor qaratishi lozim bo’lgan jihatlarga to’xtaldi.

Filialning "Mushoira klubi" tomonidan tashkil qilingan tadbirda o‘zbek tilining qadimiy ildizlari, qudrati, mamlakat hamda xalqaro maydondagi nufuziga to‘xtalib, tilimizni rivojlantirish borasida davlat va hukumat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta'kidlandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -