insurez
03-01-2025 17:59

"Munosib hayot" loyihasi


"Sabr" Respublika Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi Buyuk Britaniyaning "Alert International" xalqaro tashkiloti tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlangan "Munosib hayot" loyihasini amalga oshirmoqda.

Jumladan, Kattaqo’rg’on shahrida ham "Sabr" nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan shahar Ichki  ishlar bo’limi hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida Oq oltin mahallasida istiqomat qiluvchi oilalar o’rtasida so’rovnoma o’tkazilib, tanlab olingan 10 ta oilalar ishtirokida trening oʻtkazildi. Treningda shahar hokimi oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh. Kuchkarova soʻzga chiqib, qaynona va qaynota, kelin va kuyovlarga oilaviy munosabatlar, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi muomila madaniyati, zoʻrovonliksiz, munosib hayot kechirishga qaratilgan mavzularda soʻz yuritdi, ishtirokchilar oʻzlari uchun kerakli bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Teglar
- -