MUNOSIB E'TIROF
Bugun Samarqandda "Mahoratli o'qituvchi - millat tayanchi" shiori ostida o'tkazilgan IV ustozlar milliy forumi doirasida viloyatimizning bir guruh ilg'or va tashabbuskor pedagoglari o'tgan o'quv yilida erishgan yutuqlari uchun viloyat hokimi tomonidan munosib mukofotlandi.
Xususan, Kattaqo'rg'on shahridan besh nafar pedagoglar; 11-IDUM direktori Ozoda Salimova, "Barkamol avlod" bolalar markazi direktori Azizbek Sanayev, 19-MTT direktori Gulbahor Saloyeva, 2-IDUM o‘qituvchisi Aziz Inatov, 20-maktab o‘qituvchisi Maftuna Mirzaolimovalar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Ustozlarni kelgusi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




