insurez
20-03-2025 17:45

MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqda “Hokim kimlarni qamatmoqchi? do‘konsiz qolgan tadbirkorlar” sarlavhasi bilan Kattaqo‘rg‘on “Dehqon” MChJ hududidagi do‘konlar bilan bog‘liq videomurojaat tarqalgan.

Mazkur murojaat shahar hokimligi, tegishli tashkilotlar hamda “Dehqon” MChJ mas’ullari bilan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaatda ko‘rsatilgan fuqarolar Sattorov G‘ulom, Xolmurodov Nodir va Payazov Alisherlarning dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlari va oshxonalarini 2013 yilda buzilganligi to‘g‘risida bugungi kunda shahar hokimligida biron bir huquqiy hujjat mavjud emasligi aniqlandi.

O‘z vaqtida mazkur fuqarolarning shahar hokimligiga qilingan murojaatlari o‘rganilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

2013-2014 yillarda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29-maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandiga ko‘ra Yer uchastkasi yoki uning bir qismini (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv bo‘yicha — tegishli ravishda tuman, shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bo‘yicha yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi belgilangan.

2013-2014 yillarda Kattaqo‘rg‘on shahar "Dehqon bozori" hududida rekonstruksiya ishlari olib borilishi bo‘yicha, shuningdek savdo do‘konlari yer maydonlarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining qarori qabul qilinmagan. Shuningdek,sh shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan aynan ushbu murojatda keltirib o‘tilgan do‘konlarni buzish bo‘yicha ogohlantirishlar ham berilmagan.

2O2I yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro Payazov Alisher YaTT “Djumaeva Oydin” manfaatida unga tegishli savdo do‘koni bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish va YaTT "Djumaeva Oydin"ga yer maydoni ajratish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi arizasi Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining 10.09.2021 yildagi hal qiluv qaroriga asosan da’vo arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan.

Z0.11.2021 yildagi Samarqand viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida ham ko‘rib chiqilib, Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining 10.09.2021 yildagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 28 avgustdagi "Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 253-sonli qarorining 28-bandi, ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, bozor hududlarida yer uchastkalari ajratishga, shuningdek, bozorga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlarining jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Ushbu normativ hujjatga asosan murojaatchilar Sattorov G‘ulom, Xolmurodov Nodir va Payazov Alisherlarga Dehqon bozori hududidan savdo do‘konlari qurish uchun yer maydoni ajratib berish imkoni mavjud emasligi, shuningdek, ushbu nizoli holatni hal etish maqsadida tegishli sud organlarining vakolati doirasida ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqligi ma’lum qilinadi.

Teglar
- -