insurez
03-07-2025 10:33

MUNOSABAT


Prezidentimizning 2025 yil 23 iyundagi 98 sonli Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash yo‘nalishida ham qator choralar amalga oshiriladi

1)mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari salohiyatidan foydalanishning samarali mexanizmini yaratiladi;

Yaʼni mahalliy Kengash huzurida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat Ekspert guruhlari tashkil etiladi.

Doimiy komissiyalar tomonidan qaror loyihalarini ishlab chiqishda Ekspert guruhlarining fikrlarini inobatga olish tizimi joriy etiladi.

2) mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

3) davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash;

4) dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflar miqdorini tasdiqlash;

5) ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish;

6) yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki

kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat berish.

7) saylov huquqiga ega bo‘lgan kamida ming nafar fuqarolarga tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqarolarga viloyat va Toshkent shahar Kengashiga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan elektron murojaat kiritishi huquqi beriladi.

Xakimov Nurmurod Abdumuradovich,

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati

Teglar
- -