MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahallalar yettiligi va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlarini vaqtida ko‘rib chiqib, ijrosini ta’minlash hamda o‘rganishlarni tanqidiy tahlili, ijobiy hal etish darajasini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tashkilot rahbarlari va yettilik a’zolariga murojaatlar bilan ishlash hamda ularni ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi. Shuningdek, tegishli vazifalar belgilanib, bu borada mas’ullarni o‘z ishlariga vijdonan yondashishlari ta’kidlandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.