insurez
25-07-2025 11:52

MUHOKAMA YIG'ILISHI O'TKAZILDI


Bugun shahar hokimligida shahar hokimi G.Alimova tomonidan muhokama yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimligi, shahar korxona-tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida barcha korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari bilan muntazam o‘tkazib kelinayotgan o‘z faoliyatlari davomida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 595-sonli qarorida ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya qilishlari lozimligi hamda o‘zi va jamosini sha’nini tushiruvchi noqonuniy hatti-harakatlarni sodir etilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar bo‘yicha takidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqda muhokamaga sabab bo'lgan, odob-axloq qoidalariga rioya qilmagan, vazifasiga noloyiq 2 nafar xodimlar shahar hokimining qarori bilan lavozimidan olinganligi aytib o'tildi.

Teglar
- -