MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI TUZISH MASALASI
Ish beruvchi har qanday holatda muddatli mehnat shartnoma tuza olmaydi ya’ni muddatli mehnat shartnomasi tuzish holatlari cheklangan. Agar muddatli mehnat shartnomasi Mehnat kodeksning 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asosli hisoblanadi
Muddatidan oldin mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin. MK 160-moddasiga ko’ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Ayrim toifa xodimlarga o‘z tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilgan.
Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda xodim tomonidan neustoyka to‘lash belgilanishi mumkin.
Kattaqo’rg’on shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Temur Abdullayev