insurez
31-01-2025 11:08

MTMda innovatsion texnologiyalar


Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sensorli ekranli qurilmalardan foydalanish yosh bolalarda ayniqsa, o‘qish va matematikadagi faoliyatiga umumiy ijobiy ta’sir ko‘rsatib, giperaktiv bolalarda qat’iyatlilikni rivojlantiradi va ularni tinchlantiradi; to‘g‘ri tanlangan ilovalar va o‘yinlar mantiqiy va mavhum fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 22 oktabrdagi 343-sonli buyrug‘iga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahridagi  8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 1 ta sensorli ekranli interaktiv doska va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun 30 ta zamonaviy planshet taqdim etildi.

Bu sa’y-harakatlar yurtimizda kelajak avlodni munosib tarbiya va bilim olishlari yo’lidagi muhim qadamlardan biridir. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -