MONOGRAFIYA NASHR ETILDI
SamDU Kattaqo'rg'on filiali Kengashining 2024-yil 4-apreldagi 8-son qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan, Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, sport kafedrasi o‘qituvchisi Sobir Igamov muallifligidagi "O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari" nomli monografiyasi nashr etildi.
Ushbu monografiya filial kutubxonasi hamda ijodiy faoliyat bilan bog'liq bilim olayotgan talabalar kitob javonidan munosib joy egallashiga ishonamiz. O'qituvchimizning keyingi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!