Mirzo Ulug‘bek xiyoboniga chinor daraxtlari ekildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil kuz mavsumi uchun 56,6 ming dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 50 mingga yaqin turli ko‘chatlar o‘tqazilgan.
Bugun ham ushbu loyiha doirasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning tashabbusi bilan shahrmizning Mirzo Ulug‘bek xiyoboniga 200 dona chinor daraxti ko‘chatlari o‘tqazildi.
Ko‘chat ekish ishlariga sektor rahbarlari, shahar hokimligi, faollar, sportchi yoshlar hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etishdi.
Chinor daraxtlar ichida o‘zining uzoq yil yashashi, hattoki sho‘r tuproqda ham o‘sa oluvchi dorivor daraxtlar sarasiga kirib, shahar sharoitida aynan bulg‘angan havoni tozalashga xizmat qiladi.
Shahrimiz hududida kuzgi ekish ishlari davom etmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.