Mini futbol
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida viloyatimizning “mahalla yettiligi” xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “Viloyat Kengashi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahrining 4 ta sektori kesimida ushbu musobaqaning shahar bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa qizg‘in bahslar bilan o‘tkazilib, natijada shahrimizning 3-sektor futbol jamoasi 1-o‘rinni, 1-sektor jamoasi 2-o‘rinni hamda 2-va 4-sektor jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.
Musobaqaning viloyat saralash bosqichida shahrimizning 3-sektor futbol jamoasi ishtirok etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.