Milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi
Shahrimizda Prezidentimizning “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 376 qarori ijrosi yuzasidan ishlar tashkil etilmoqda.
Xususan, shahrimizning Haydarchaman mahallasi hududida 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan yosh tadbirkor va hunarmand Farida Boboyevaning biznes rejasi asosida “Ferede”xotin-qizlar hamda bolalar uchun milliy va zamonaviy dizaynli liboslar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Shahar Oila va xotin qizlar bo‘limi va Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan milliy va zamonaviy liboslarning modalar ko‘rgazmasi hamda tikuv sexi va ko‘rgazma zalining ochilish marosimida shahar hokimi Gavhar Alimova, tegishli mas’ullar, faol xotin qizlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirkor tomonidan mazkur maskanda 5 nafar hamda “G‘arb machit” va “Mexrjon” mahallalarida 10 nafar xotin qizlarning doimiy va hunar bilan bandligi ta’minlanmoqda.