insurez
28-02-2025 14:38

Milliy libos – bu nafaqat an’anaviy kiyim, balki yurtimiz madaniyati va o‘zligimizning ajralmas qismidir.


Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.

Kattaqo'rg'on  shahar 11- IDUMda juma- “Milliy liboslar” kuni an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu tashabbus xalqimiz milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va yosh avlodga an’analarimizni yetkazish maqsadida joriy etilgan. 

Ta ʼlim muassasasida pedagog - xodimlari va o‘quvchilari milliy liboslarda ishga va taʼlim olishga kelish bilan birga, uning ma’naviy ahamiyatini ham jamoatchilikka yetkazishga hissa qo‘shmoqda.

Milliy libos – milliy g‘urur! Keling, an’analarimizni ardoqlaylik va ularni hayotimizga yanada chuqurroq singdiraylik!

Teglar
- -