insurez
01-04-2025 15:19

“Millat fidoyisi” spektakli kattaqo‘rg‘onliklar nigohida


Kattaqo‘rg‘onlik millat fidoyisi Badriddin Sharipov hayotiga bag‘ishlangan spektakl kattaqo‘rg‘onliklar tomonidan iliq kutib olinib, katta qiziqish bilan tomosha kilinmoqda.  

Farmon Toshev qalamiga mansub, rejissyor Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda Kattaqo‘rg‘onda o‘sib-ulg‘aygan, qatag‘on davrida O‘zbekiston prokurori, Oliy sud raisi bo‘lib ishlagan, sovet tizimining qurboniga aylangan Badriddin Sharipovning hayoti haqida hikoya qilingan.

Kuni kecha shahar Drama teatrida bo‘lib o‘tgan spektal namoyishida shahar prokurori I.Nuriddinov, idora va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar spektakl haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda rollarni mahorat bilan ijro etgan san’atkorlarning iqtidorlarini e’tirof etdilar.

Teglar
- -