insurez
04-10-2025 17:59

#Millat fidoyilari


Shahrimizdagi 16 umumta'lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Millat fidoyilari” kitob-albomida o‘z o‘rnini olgan, yurt tinchligi uchun jonini fido etgan askar xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so'z olganlar, Kattaqo‘rg‘on farzandi Ulug‘bek Barnoyevning hayoti va ko'rsatgan jasorati haqida so'zlab, uning Vatanga sadoqati, safdoshlariga va do'stlariga nisbatan g'amxo'rligi, mardligi hamda fidoyiligi yoshlarimiz uchun doimiy ibrat bo‘lishini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida Qurʼon tilovati qilinib, qahramon xotirasi yod etildi. Uning ota-onasi ham so‘zga chiqib, shunday farzand tarbiyalaganidan g‘ururlanishini bildirdi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan qahramon askarning yaqinlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -