insurez
21-11-2024 11:45

Migratsiya masalasida muhokama yig'ilishi o'tkazildi


SamDU Kattaqo’rg’on filialida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishchi guruhi, shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va mahalla yettiligi a'zolari ishtirokida migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash mavzusida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda mahallalarda migratsiyadagi fuqarolar xatlovini o'tkazish jarayoni va bunda mahalla yettiligining tutgan o'rni alohida ta'kidlanib, migratsiyadagi va migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda ularning yaqinlari bilan ishlash, bandligini ta'minlash, qiynalgan oillalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, migratsiyadagi mehnat faoliyati, ish sharoitidan qoniqmay, yurtimizga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kerakli barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishi, o‘zlariga mos ish o‘rinlari orqali bandligi ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -