"Mening xavfsiz mahallam" shiori ostida profilaktik targ'ibod tadbiri o'tkazildi
Bugun Kattaqo’rg’on shahrida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Boboyev Kattaqo’rg’on shahar prokurori I.Nuriddinov tomonidan mahalla yettiligi hamda probatsiya nazoratidagi yoshlar ishtirokida "Mening xavfsiz mahallam" shiori ostida profilaktik tadbir va yoshlar jinoyatchiligini oldini olish yuzasidan muhokama yig’ilishi o’tkazildi.
Uchrashuvda, Davlatimiz rahbarining shu yil 3-yanvarda imzolangan “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tushunchalar berib o'tildi.
Shuningdek, joriy yilning 14-fevral sanasida davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida belgilanlan loyiha va tashabbuslar haqida gapirildi. Prezidentimizning yoshlar uchun berayotgan imkoniyatlari va qo'llab-quvvatlashlari ular hayotini o'zgarishiga katta poydevor bo'lishi ta'kidlandi.