insurez
24-10-2025 14:32

MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida, shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan Kasbiy ko‘nikmalar markazida ishsiz fuqarolar, ta`lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatdan qaytganlar, probatsiya nazoratidagi shaxslar hamda boshqa toifadagi fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarka davomida fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga va kasb-hunar o‘qishlariga yo‘naltirildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ularga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi. 

Teglar
- -