MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida, shahar hokimligi va Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan Kasbiy ko‘nikmalar markazida ishsiz fuqarolar, ta`lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatdan qaytganlar, probatsiya nazoratidagi shaxslar hamda boshqa toifadagi fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarka davomida fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga va kasb-hunar o‘qishlariga yo‘naltirildi. Shuningdek, ularga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi.