MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi tomonidan Samarqand Pedagogika texnikumida, ta`lim muassasalari bitiruvchilari, Muddatli xarbiy xizmatdan qaytganlar va ularning ishsiz oila a'zolari, probatsiya hisobida turadigan shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytgan va boshqa toifadagi ishsiz fuqarolar uchun "Karyera kuni", bo'sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarka davomida taklif etilgan ishsiz fuqarolardan 21 nafari (2 nafari probatsiya hisobida turgan shaxs) o‘zlariga maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.